
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot Instituti professori Jauhar Ali blan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston uchun iqlim o‘zgarishlariga chidamli sholi navlari va duragaylarini keng miqyosda yaratish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” qo‘shma loyihasi bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida keng qamrovli tadqiqotlar, ilg‘or seleksiya strategiyalari, sholi navlarining ekologik sinovlari, dala ko‘rgazmalari, ilmiy xodimlarning malakasini oshirish hamda sholichilik sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Loyihaning asosiy jihatlari sifatida erta muddatli, tuproq-iqlim sharoitlariga mos ikki qatorli duragaylar namoyishi va keng joriy qilinishi, ikki qatorli gibrid sholi urug‘ini ishlab chiqarish texnologiyasining namoyishi, ko‘p stress omillariga chidamli yashil super sholi navlarining joriy etilishi, “Lazurniy”, “Iskandar” va “Devzira” navlaridan foydalangan holda respublika hududlarida yetishtirishga mo‘ljallangan hosildor (120-130 s/ga) va don sifat ko‘rsatkichlari yuqori, past bo‘yli sholi navlarining yaratilishi, don sifat ko‘rsatkichlari yuqori (yuqori temir va rux) va sog‘lom ovqatlanishga mos (bolalar ozuqasi va turli kasalliklarga mos guruch beradigan) sholi navlarining yaratilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekishga mo‘ljallangan sholi navlari va duragaylarining aniqlanishi, yuqori gibrid kombinatsiyalarni aniqlash uchun sun’iy intellekt va genomik tanlash vositalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 14,6 million dollarni tashkil etadi, shundan 4,7 million dollari Jahon bankining grant mablag‘lari hisobidan Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga

