BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha Ikkinchi Sammiti (UNFSS+4) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qirg‘iz Respublikasi Qishloq, suv xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari Samat Nasritdinov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, xususan, kartoshkachilik yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasidan O‘zbekistonga chorva mahsulotlarini import qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Qiziqarli jihati shundaki, O‘zbekistonga Mongoliyadan chorva olib kirish jarayonlarida Qirg‘iz tomoni logistika va tashish masalalarida amaliy yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ramzi sifatida “Do‘stlik bog‘i”ni barpo etish tashabbusini amalga oshirish va bu boradagi ishlarni jadval asosida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.





