Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Bahodirov Umidjon Shokirjonovich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar Umidjon Shokirjonovich mazkur ilmiy muassasada laboratoriya mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
