Onlayn uchrashuvda ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Iordaniya Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot markazi (NARC (https://www.narc.gov.jo/Default/En)) o‘rtasida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlari, institut direktori Zafar Ziyayev va institut olimlari hamda Iordaniya NARC direktori Dr. Khaled Abulaila va Dr. Khaldoun Al Sane ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, o‘simliklar genetik resurslarini saqlash va ushbu sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash borasida fikr almashildi.

Shuningdek ilmiy ma’lumotlar almashish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, yosh olimlar uchun ilmiy-tajriba dasturlarini yo‘lga qo‘yish, genofondlarni barqaror boshqarish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.

Прокрутить вверх