Olimlar va fermerlar hamkorligi ko‘zlangan natijani beradi

So‘nggi yillarda noan’anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlari ratsionimizdan sezilarli darajada o‘rin oldi. Shunday ekinlardan biri bu — brokkolidir.

O‘zbekiston sharoitida brokkolini iqlimlashtirish, unga mos navlarni tanlash, sifatli va mo‘l hosil olish yo‘lida olimlarimiz va mirishkor dehqonlar izchil ish olib bormoqda.

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti (O‘GRITI) olimlari global isish va suv tanqisligi sharoitida brokkolidan eksportbop, sifatli hosil olish bo‘yicha resurs tejovchi agrotexnika usullarini ishlab chiqdi. Bu tajribalar hozirda ilg‘or fermer xo‘jaliklarida amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Institut olimlari nazorati ostida etishtirilgan 1 million tupdan ortiq brokkoli ko‘chatlari joriy yil may oyining oxirida Samarqand viloyatining Jomboy va Bulung‘ur tumanlaridagi fermer xo‘jaliklariga ekilib, parvarish qilinmoqda.

Olimlar tavsiyasiga asosan oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish choralari muntazam olib borilmoqda.

Har bir gektardan o‘rtacha 30 tonna brokkoli olish rejalashtirilgan. Yetishtirilgan mahsulotning har bir kilogrammi o‘rtacha 3–5 ming so‘mdan sotilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyiha ilm bilan amaliyot uyg‘unligida samarali natijalar berayotganining yaqqol namunasi bo‘lib, yurtimizdagi oziq-ovqat xavfsizligi ва eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi

blank
Прокрутить вверх