Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligida hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda

blank

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan hamkorlikni yanada mustahkamlashga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Markaz direktori oʻrinbosari Oybek Omonov va Korea Rural Economic Instituti (KREI) delegatsiyasi rahbari Kyumi Ahn xonim ishtirok etib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida qishloq xoʻjaligi yerlarini axborot tizimini yaratish va boshqarish, maʼlumotlarni yigʻish hamda monitoring qilish, ulardan samarali foydalanishga yoʻnaltirish masalalari alohida koʻrib chiqildi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarida uchraydigan zararkunandalarni bashorat qilish modellarini ishlab chiqish, ularni axborot platformalari bilan bogʻlash hamda amaldagi tizimlarni takomillashtirish borasida fikr almashildi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida sholichilik, meva-sabzavotchilik, kadrlar malakasini oshirish va agrar sohada ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish yoʻnalishida hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladilar. Shuningdek, Koreya bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarning natijalari baholanib, kelgusida ularni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha rejalar belgilandi.

Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston-Koreya qishloq xoʻjaligi sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash va zamonaviy innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim qadamlardan biri boʻldi.

Прокрутить вверх