Misr Arab Respublikasining “EFS Plants Tissue Culture S.A.E.” kompaniyasi prezidenti Muhammad Salama O‘zbekistonga xizmat safari doirasida Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘tkazilgan suhbatlar va o‘rganishlar davomida mehmon sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalaridagi yangi yutuqlar, jumladan kartoshka seleksiyasi va urug‘chilik, hamda “in-vitro” usulida birlamchi urug‘chilikni tashkil etish tajribalari bilan tanishdi. U institut faoliyatiga yuqori baho berib, mazkur sohalardagi ilmiy yutuqlarni Misr bilan hamkorlikda rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, “EFS Plants Tissue Culture S.A.E.” (EFC Plants) — Misrda joylashgan zamonaviy laboratoriya bo‘lib, u “in-vitro” usulida qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda mevali daraxtlarning virussiz ko‘chatlari va urug‘larini yetishtirishga ixtisoslashgan. Kompaniya xalqaro darajadagi hamkorlik loyihalarida faol ishtirok etadi.
Shuningdek, institut va “EFS Plants Tissue Culture S.A.E.” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.


