Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig’ilish avvalida ishtirokchilarga mamlakatimiz agrar soha olimlari tomonidan yaratilgan yangi navlar, seleksiya ishlari, erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qirg‘iz Respublikasining suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari Asel Kenenbayeva, Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Nurali Asozoda, Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Erbol Tasjurekov, Turkmanistonning O’zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi xodimi Ayna Yo’ldasheva, shuningdek, mamlakatimizdagi Elchixonlar vakillari hamda mahalliy va xalqaro tashkilotlar xodimlari ishtirok etmoqda.

Ushbu yig’ilish mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qo‘shma agrar loyihalarni amaliyotga joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Kun tartibida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va agrar sohada umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilinmoqda.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida, mamlakatimizda agrar sohada olib borilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi barqaror o‘sib borayotganini ta’kidlab, bu holat mintaqaning yagona agrar makonga aylanish yo‘lida muhim ishora ekanini qayd etdi.

Прокрутить вверх