ochiq ma'lumotlar
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining 2024 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlari va erishilgan natijalari to‘g‘risida MA’LUMOT
Bugungi kunda Milliy markaz tizimda jami 13 ta ilmiy-tadqiqot institutlari hamda 49 ta tajriba stansiyasilarida jami 1473 nafar xodim, shundan 536 nafar ilmiy xodim
(2 nafar akademik, 62 nafar fan doktori, 148 nafar fan nomzodi) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ilmiy salohiyat darajasi 45,7 foizga teng.
Ma’lumot uchun:
Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 34,2 milliard so‘m bo‘lgan jami 61 ta, jumladan 38 ta amaliy, 6 ta innovasion, 5 ta xalqaro-qo‘shma, 12 ta xalqaro loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: Dolzarbligini yo‘qotgan 7 ta ITI tuzilmalariga o‘zgartirish kiritilib, 9 ta yangi zamonaviy biotexnologik va molekulyar genetik tahlillarni o‘tkazuvchi yo‘nalishlar tashkil bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
3. Ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 2024 yil 1-yarim yillikda ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida jami 727 dona ilmiy maqolalar, jumladan: xorijiy jurnallarda 244 dona, mahalliy jurnallarda 315 dona, WoS” va “Scopus” jurnallarda 48 dona, xorijiy konferensiya 37 dona, maxalliy konferensiya 83 dona hamda 8 dona maxalliy monografiyalar nashr etilib, 22 dona patentlar olindi va 5 dona konferensiyalar o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun: 1-yarim yillikda Milliy markaz va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida jami 108 nafar xodimlar xorijiy stajirovkalar o‘tab keldi. Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi 7 ta ilmiy-tadqiqot institutlarning direktorlari, 5 ta ilmiy-tadqiqot institutlarning ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, 7 ta ilmiy-tadqiqot institutlarining ishlab chiqarish va umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘zgartirildi.
Paxtachilik sohasida:
2024 yilda soha olimlari tomonidan yaratilgan o‘rta tolali g‘o‘zaning 10 ta yangi tizmalari Davlat nav sinoviga sinash uchun tavsiya etildi.
Ma’lumot uchun: Xorazm viloyatida jami 116 gektar yerga sho‘r yuvmasdan sho‘r va suvsizlikka chidamli, yangi va istiqbolli paxtaning Baraka, SP-41, C-8290, C-5707, Buxoro-14, Jondor qudrati, C-7306, CPC-38, Ravnaq 2 g‘o‘za navlari ekilib, rivojlanish fazalarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni qiyosiy tahlillari olib borilmoqda.
G‘allachilik sohasida:
9. g‘alla ekinlarining 6 ta yangi yaratilgan navlari (yumshoq bug‘doy 1 ta, yasmiq-1 ta,, soya-2 ta, makkajo‘xori-1 ta va jo‘xori 1 ta) davlat reestriga kiritildi.
g‘allachilikda “Speed Breeding” dasturi asosida tezkor seleksiya usuli joriy etilib, bir yilda 3-4 marta duragay olish, nav yaratish muddatini 3 martaga qisqartirish (12-14 yildan 3-4 yilga) tizimi yaratildi.
sug‘oriladigan maydonlarida kuzgi yumshoq bug‘doyda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida yaratigan yumshoq bug‘doyning “Sarbon”, “Yuksalish”, “Oqsaroy” “Turon”, “Hisorak”, “G‘ozg‘on, “Bunyodkor” navlariga zang kasalliklariga chidamli genlarning mavjudligi sababli zang umuman zarar keltirilmaganligi aniqlandi.
Sabzavotchilik sohasida:
12. Sabzavot ekinlarining 12 ta yangi navlari yaratilib, 6 ta navlari esa Davlat reestriga kiritildi. Shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya kartoshka ilmiy markazi bilan hamkorlikda tanlab olingan Vengriya seleksiyasiga mansub 5 ta (Balatoni Rozsa, Balatoni sarga, Demon, Botond, White Lady) navlari davlat reestriga kiritildi.
13. Seleksiyaning yangi usul va uslublarini qo‘llagan holda sabzavot, poliz va kartoshkaning yuqori hosildor, qurg‘oqchilikka, sho‘rga va kasalliklarga chidamli, meva sifati yuqori bo‘lgan G‘1 duragaylarini yaratish va birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq sabzavot va polizning 8 ta turi dragaylari seleksiyasi va 3 turi daragay urug‘chiligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
14. 2024 yil 1-yarim yillikda V’etnam meva-sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutidan sabzavot va polizning 18 ta turidan 85 ta nav namunalari urug‘lari olib kelindi va laboratoriyaga taqdim etildi. Bugungi kunda mazkur laboratoriyada sabzavot va poliz ekinlarining 52 ta ekin turi bo‘yicha 1171 ta nav na’munalari saqlanmoqda.
Ma’lumot uchun: Ushbu olingan 23,6 ming dona mikro tuganak, 28,4 ming dona mini tuganak hamda 64,7 ming dona super-super elita avlodli urug‘lik kartoshkani issiqxona sharotida adaptasiya jarayoniga qo‘yildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga viruslardan holi bo‘lgan sifatli kartoshka urug‘liklari yetkazib berishi ta’minlanadi.
16. Institutda sabzavot, poliz urug‘larini ko‘paytirish va ishlab chiqarishga yetkazish bo‘yicha Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi 22 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari bilan hamkorlikda sabzavot ekinlarining 14 tur 23 ta navlari, poliz ekinlarining 3 turining 9 ta navlari urug‘liklari ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.
Sholichilik sohasida:
Ma’lumot uchun: Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (IRRI) dan 200 ta sho‘rga chidamli va 199 ta qurg‘oqchilikka chidamli, Vetnam seleksiyasiga oid 28 ta “DD 2”, “CNC 11”, “THIEN UU 8”, “IR 50404”, “OM 2517”, “HD 11”, “P6DB” va “Gia Loc 37” (70-75 s/ga), Xitoydan 20 ta, Koreyadan 11 ta, Hindistondan 7 ta, Rossiyadan 8 ta sholi nav va namunalari introduksiya qilindi va ekologik sinovdan o‘tkazilib, eksportbop, uzun guruchli, to‘kiluvchanlikka, yotib qolishga, kasalliklarga chidamli, hosildorligi va don sifati yuqori bo‘lgan Indica hamda Japonica turlariga mansub sholining erta va o‘rtapishar kam suv kam talab qiluvchi
14 ta va sho‘rga chidamli 9 ta navlari tanlab olindi.
Bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida:
18. Shaftolining 2 ta yangi eksportbop navlari yaratilib, hujjatlar Intellektual mulk agentligi hamda Davlat nav sinash komissiyasiga topshirildi. Shuningdek, qulupnayning 2 ta, shaftolining 1 ta, olmaning 1 ta va uzumning 7 ta yangi navlari xorijiy davlatdan olib kelinib, introduksiya qilish uchun “in-vitro” sharoitida ko‘paytirilmoqda. Jumladan;
19. “in-vitro” sharoitida Krimskiy-5 payvandtagidan 50,0 ming dona, qulupnayning 2 ta navlari, malinaning 1 ta, maymunjonning 1 ta navi, bananning 5 ta navlar introduksiya qilindi;
Xalqaro hamkorlik doirasida:
Ma’lumot uchun: Turkiya davlatidan gilosning Grace Star, Skeena, Nimba, Polinator- Pasific Red, Fresco navlaridan 33000 dona ko‘chati olib kelinib, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Charxin ilmiy-tajriba stansiyalari yangi navlar bilan boyitildi.
Ma’lumot uchun: Hozirda Rossiya Federatsiyasidan 25 kg “Guar” o‘simligining (texnik) urug‘lari olib kelindi. “Guar” o‘simligini O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitiga moslashtirish va shu mintaqaga mos agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Respublikamizning Janubiy va Markaziy mintaqalari (Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent, Andijon viloyatlari)da ekildi va ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
22. Tarkibida kiristallari mavjud bo‘lgan sanoatda shakar ishlab chiqarishda keng foyidalaniladigan xorijdan introduksiya qilingan juxorining (Sorghum L.) 1 navi urug‘liklari olib kelinib, hozirda respublikmizning 4 ta mintaqalarida ekilib parvarishlanmoqda, (unib chiqqan) tuproq-iqlimiga mos yetishtirish agrtexnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
23. O‘zbekiston Respublikasining abiotik stress sharoitlari uchun suv kam talab etadigan, DSRga mos seleksion liniyalarni sinovdan o‘tkazish va tanlash bo‘yicha Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik kelgusida respublikamizda suv tanqisligi sharoitida ham sholidan yuqori hosil yetishtirish imkoniyatini beradi.
Agroxizmatlar ko‘rsatish sohasida:
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6159-son farmoni, PQ-4975 va 216-son qarorlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 162 va 47-son buyruqlariga asosan Milliy markaz huzurida Respublika agroxizmatlar markazi, 13 ta hududiy agroxizmatlar markazlari, 160 ta tumanlarda mutaxassislar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
AGROILM.AKIS.UZ platformada foydalanuvchilar soni-1262 nafar, berilgan arizalar soni-1554 ta, tashkil qilingan guruhlar soni-191 va o‘qishni tugatib setrtifikat olganlar soni-912 tashkil etadi.
26. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tizimida, Respublika, viloyatlar hamda tumanlar agroxizmatlar markazlari faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida Jahon banki hisobidan mablag‘ ajratilib “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 2024-2026-yillarda faoliyat ko‘rsatuvchi “Agromaslahat” (Extention) guruhlarini faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
