MAISHIY KORRUPSIYA – KELAJAK ZAVOLI

Xabar berib borayotganimizdek (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/12749) Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida «Maishiy korrupsiya va uni oldini olish» borasida turli davra suhbatlari, nazariy hamda amaliy seminarlar o’tkazilib kelinmoqda. Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida ham «Maishiy korrupsiya – kelajak zavoli» mavzusidagi navbatdagi davra suhbati bolib otdi.

Ushbu davra suhbatida Qarshi shahar 2-sonli IIB bosh inspektori, katta leytenant B. Husanov hamda ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar ham faol ishtirok etdi.

Ilmiy muassasa huquqshunosi J. Tursunov bugungi kunda jamiyat kushandasi bo’lgan maishiy korrupsiya jinoyatining salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashda har bir fuqaroning ma’suliyati haqida batafsil so’z yuritdi.

Muloqot davomida Qarshi shahar IIB bosh inspektori, katta leytenant B. Husanov ishtirokchilarga maishiy korrupsion holatlarning turlari, unga qarshi kurash jarayonlari, qonunchilikda belgilangan jazo choralari togrisida tushunchalar berdi. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan mavzu doirasidagi foydali qo'llanma va materiallar to'plami ishtirokchilarga kelgusi faoliyatida maishiy korrupsiya haqida barchaga to’g’ri tushunchalar berish borasida zarur vosita bo’ladi.

    Scroll to Top