Lalmikor dehqonchilik instituti: islohotlar va yangi imkoniyatlar

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida katta islohotlar olib borilmoqda. So‘nggi yillarda institutda ilmiy natijalarni pasayishi va boshqaruvdagi muammolar kuzatilgani sababli, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Milliy markaz rahbariyati institut faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi.

Yangi islohotlar doirasida institut rahbariyati almashtirildi va uning yangi rahbari Diyor Jo‘rayev tayinlandi. Davlat rahbari topshirig‘iga muvofiq, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 1 million dollar va davlat byudjeti hisobidan qariyb 2 milliard so‘m mablag’ ajratildi. Ushbu mablag‘lar institutning to‘liq rekonstruktsiyasi, zamonaviy laboratoriya uskunalarini xarid qilish va infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltiriladi. Shuningdek, uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash maqsadida 200 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi o‘rnatiladi.

Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda ilmiy muassasa oldida turgan vazifalar muhokama qilindi. U institut xodimlarini ajratilgan mablag‘larni samarali ishlatish, ilmiy natijalarni oshirish va qishloq xo‘jaligiga foydali innovatsiyalarni tatbiq etishga chorladi.

Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi boshqa ilmiy muassasalar rahbarlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, institut jamoasiga muvaffaqiyatlar tilashdi. Shuhrat Otajonov institut uchun ajratilgan elektromobil kalitini yangi direktor Diyor Jo‘rayevga topshirdi.

Bu islohotlar natijasida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi va lalmi yerlarda dehqonchilikni rivojlantirishda muhim ilmiy markazga aylanishi kutilmoqda.

blank
blank
blank
blank
blank

Прокрутить вверх