Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAO hamda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida Qamashi tumanida iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va resurslarni tejashga qaratilgan «Lalmi yerlarda ekinlarni yerga ishlov bermasdan ekish va yomg‘ir suvini yig‘ish texnologiyalari» mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.






