
Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati va yetakçi olimlari iştirokida hududlarda "Lalmikor maydonlarda don va dukkakli ekinlarni yetiştirişda zamonaviy texnologiyalar" mavzusida amaliy öquv seminarlari tizimli ravişda taşkil etib kelinmoqda.
Ana şunday seminarlardan navbatdagisi Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi "Ösmatlik Bahodir" fermer xöjaligida bölib ötdi. Mazkur tadbirda viloyatdagi 250 dan ortiq fermer xöjaliklari rahbarlari, qişloq xöjaligi soha mutaxassislari hamda agronomlar iştirok etdi.
Seminarda lalmi yerlardan samarali foydalaniş, tuproq unumdorligini saqlab qoliş va hosildorlikni oşiriş yöllari atrofliça tuşuntirildi. Xususan, kuzgi boşoqli don ekinlari uçun yer tayyorlaş jarayonida gektariga 100 kilogrammdan fosforli öğitlar qöllaşning muhim agrotexnik ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan yumşoq buğdoy, arpa hamda triticale (tritikale) ning yuqori avlodli, iqlim şaroitlariga çidamli uruğliklarini muddatida va sifatli ekiş böyiça körsatmalar berildi. Şuningdek, ekinlarning vegetatsiya davrida amalga oşiriladigan zarur parvarişlaş va agrotexnik tadbirlar yuzasidan amaliy tavsiyalar ulaşildi.




Manba: Telegram kanali



