Lalmi maydonlarda bu yilgi ob-havo sharoitida kuzgi bug‘doyni ekishda nimalarga e’tibor qaratish zarur?

blank

Bu yilgi ob-havo sharoitlarining kuzda quruq kelishi kuzgi g‘alla ekinlarini ekishda o‘zgacha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Ayniqsa, qurg’oqchil, yog’ingarchilik kam bo’lgan ob-havo sharoitida ilmiy asoslangan yangi innovatsion resurstejamkor agrotexnalogiyalarni qo’llash muhum o’rin tutadi. Mayin tuproq hosil qilib, belgilangan me’yor va muddatlarda ekish ishlarini bajarish, qisqa muddatlarda to’liq ko’chat olish imkonini yaratadi.

Respublikamizning lalmikor maydonlarida kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlashda qo‘shimcha agrotexnik tadbirlarni, ya’ni haydalgandan so‘ng kesakli yer maydonlariga diskali barona yoki kesak maydalovchi freza bilan ishlov berilgandan so‘ng yerga urug‘ qadash lozim bo‘ladi va ushbu tadbir kelgusida g‘alla ekinlaridan yetarli hosil olishni ta’minlaydi.

Lalmikor dehqonchilik ilmiy — tadqiqot institutida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni hisobga olgan holda, lalmikor yerlarni haydash bilan birga to‘liq maydonga me’yordagi fosforli va kaliyli o‘g‘itlar berilib, so‘ngra kesak maydalovchi freza bilan ishlov berilgan maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishni olib borish rejalashtirilgan. Ushbu jarayonda boshoqli don ekinlarining institutda yaratilgan, global iqlim o‘zgarishlari sharoitlariga moslashuvchan, issiqlikka va qurg‘oqchilikka chidamli, yuqori hosildor yangi navlarini ekish ko‘zda tutilgan.

Instituda joriy yildagi ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda institut faxriy olimlari va malakali ilmiy xodimlar, mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy dala seminari o‘tkazilib, ekish ishlari boshlab yuborildi.

Прокрутить вверх