Kuzda daraxtda qolgan mevalar — bog‘ uchun xavf!

Ko‘pchilik “qishda o‘zi to‘kiladi” deb o‘ylaydi, ammo daraxtda qolgan mevalar — kasallik va hasharotlar uchun qishlab olish joyi hisoblanadi.

Sovuq tushgach, ular chiriydi, keyingi yil shoxlarda zamburug’ va zararkunandalar tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Shu sababli noyabr oyida bog‘ni tozalang:
– Daraxtda qolgan meva va barglarni olib tashlang.
– Tuproqni yumshating.
– To‘plangan mevalarni kompostga solish mumkin.

Bu oddiy ish, lekin butun bog‘ni sog‘lom saqlaydi!

Ushbu tavsiya akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan taqdim etildi.

Прокрутить вверх