Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Xabaringiz bor (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/12981) Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda tizim tashkilotlarida «Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz» shiori ostida bir qator seminarlar o’tkazilib kelmoqda. Ana shunday seminarlardan navbatdagisi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Seminar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish mexanizmlari hamda xodimlarning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda amaliy misollar asosida muhokamalar olib borildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga korrupsion holatlar bilan bog’liq barcha savollarga amaliy misollar asosida javoblar berildi.

Прокрутить вверх