Koreyaning O‘zbekistondagi KOPIA markazi direktori doktor Ox Sung Jongning faoliyati yakuniga yetdi

blank

Shu munosabat bilan bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi KOPIA markazi direktori, doktor Ox Sung Jong bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida so‘nggi uch yil mobaynida KOPIA markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar va ularning natijalari muhokama qilindi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion dasturlar samaradorligini tahlil qilib, kelgusi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

– Biz siz bilan samarali hamkorlik qildik. Siz rahbarlik qilgan davrda hamkorligimiz yangi bosqichga chiqdi, ayniqsa, sholichilikni rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishdik. Bu, albatta, soha ilm-fanini rivojlantirish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega, – deya ta’kidladi Shuhrat Otajonov.

O‘z navbatida, doktor Ox Sung Jong samarali hamkorlik uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, shunday dedi:

– Erishilgan natijalarimiz ikki do‘st davlat o‘rtasidagi rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, degan umiddaman. Men odamlari samimiy va mehnatkash bo‘lgan betakror yurtda hayotimning bir qismi o‘tganidan juda mamnunman. O‘zbekiston doim mening shirin xotiralarimda yashaydi.

Uchrashuv yakunida KOPIA markazi va Milliy markaz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

blank
Прокрутить вверх