Koreyalik olimlardan sabzavotchilik yo‘nalishida mahorat darsi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan milliy hamda xalqaro hamkorlik doirasida muntazam ravishda turli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Shu yo‘nalishdagi navbatdagi mahorat darsi bugun “Koreya–O‘zbekiston sabzavotchiligi” mavzusida tashkil etildi.

Tadbirda Koreya Respublikasining Dankook universiteti olimlari — meva-sabzavotchilik yo‘nalishi bo‘yicha doktor Song Kideuk va bog‘dorchilik sohasining yetuk mutaxassisi doktor Shin Young An ishtirok etdi. Ular tomonidan tinglovchilarga zamonaviy koreys agrar texnologiyalari asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mahorat darsi ishtirokchilarga Koreya tajribasini o‘rganish, ilg‘or yondashuvlar va zamonaviy uslublar bilan tanishish, shuningdek, xalqaro amaliyotni mamlakatimiz sharoitida qo‘llash imkonini beradi.

Bunday tadbirlar sohaga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish, ilmiy asoslangan uslublarni rivojlantirish hamda jahon tajribasini mahalliy sharoitlarga moslashtirish orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх