“Jivamrit” atamasi sanskrit tilidan kelib chiqqan bо‘lib, “jeyevan” (hayot) “amrit” (shira) degan ma’noni anglatadi. U “nol xarajatli tabiiy dehqonchilik” tizimida keng qо‘llaniladi. Jivamrit fermalarda oson topiladigan tarkibiy qismlardan tayyorlanadi. Uning asosiy masallig‘i — daladan (bir konturdan) olingan bir belkurak tuproq (dalaga xos mikroorganizmlar tо‘plami), suv va ozuqadan (shakar, gо‘ng, mol peshobi) iboratdir.
Agar jivamrit tayyorlanayotgan bochkaga barcha masalliqlar bilan birga biror nomdor bioо‘g‘itdan bir tomizg‘i qо‘shib qо‘yilsa shuni о‘zi kifoY. Qarabsizki, bu dala yangi foydali mikroorganizmlar bilan boyib yer qayta tiklanib boraveradi. Hind dehqonlari buni “bokashi” о‘g‘iti deb ataydilar. Bokashi ham jivamritdek juda kam harajatli lekin о‘ta samarali dala uslubidir.