Janubiy dehqonchilik ilmiy — tadqiqot instituti tajribasi — dunyo olimlari nigohida

blank

📮ICARDA eksperti, taniqli iqtisodchi olim Boubaker Dhehibi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Vestminster universiteti va Germaniyaning IAMO instituti hamkorligidagi qo‘shma konferensiyada Janubiy dehqonchilik ilmiy — tadqiqot instituti tajribasi O‘zbekiston uchun innovatsion platforma sifatida taqdim etdi.

📤Mazkur taqdimot davomida institutning ko’p tarmoqli sheriklik tajribasi, agroinnovatsion yondashuvlari va mintaqaviy ahamiyatga ega tadqiqot natijalari keng yoritildi. Qashqadaryo viloyatida joylashgan JDITI bugungi kunda ilm-fan, seleksiya va agrar texnologiyalar yo‘nalishida keng ko‘lamli tadqiqotlar olib bormoqda.

✅Institut faoliyati nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilib, barqaror qishloq xo‘jaligi rivojiga xizmat qiluvchi ilmiy markaz sifatida shakllanib bormoqda. Kelgusida JDITI zamonaviy ilmiy infratuzilma, xalqaro loyihalar va innovatsion bazalar orqali mintaqaning agrar rivojlanishida yetakchi ilmiy bazaga aylanishi kutilmoqda.

Прокрутить вверх