
Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Rossiya Federatsiyasi savdo sanoat palatasining Oʻzbekistondagi rasmiy vakili, Rossiyaning «Agroplodar» korxonasi rahbari Yuriy Lasigin bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda institut ilmiy xodimlari va Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti pedagog jamoasi hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
O’tkazilgan tadbirda Yuriy Lasigin qishloq xo’jaligida dolzarb bo’lgan organik o’g’itlardan samarali foydalanish mavzusida ma’ruza qildi, o’z tajribalari bo’yicha foydali ma’lumotlar berdi.
Xususan, qishloq xo’jaligida ekologik jihatdan toza, sof mahsulot yetishtirilishida organo-mineral o’gitlarni qo’llash muhim ahamiyatga ekanligi ta’kidlab o’tildi.
Tadbir so’ngida institut ma’muriyati Yuriy Lasigin bilan kelajakda boshoqli va dukkakli don ekinlari yetishtirishda yangi turdagi organik o’g’itlarni qo’llash bo’yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.