“InnoWeek-2025” — “Chegarasiz g‘oyalar”

“Chegarasiz gʻoyalar” shiori ostida oʻtkazilayotgan “InnoWeek–2025” innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligining ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari X.Umarova, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Maxkamova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, yirik ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizim ishtirokchilari, yosh innovatorlar va ixtirochilar qatnashdilar.

Ayni daqiqalarda ishtirokchilar ilmiy-innovatsion ishlanmalar bilan tanishmoqda. “Chegarasiz gʻoyalar” shiori ostida oʻtkazilayotgan “InnoWeek–2025” innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligida Qishloq xo’Jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari ham faol ishtirok etmoqda.

Прокрутить вверх