Innovatsiya va tajriba – fermerlar uchun mustahkam tayanch

blank

Shu kunlarda Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarida g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar Prezidentimizning tegishli qarori ijrosini ta’minlash doirasida, g‘allachilikda hosildorlikni 85 sentnerdan oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar sifatida o‘tkazildi.

Seminarlarda boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish, innovatsion agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash usullari hamda suvdan unumli foydalanish, mineral va organik o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbirlarda Respublika ishchi guruhi rahbari O‘lmasboy Sobitov, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Ilhom Egamov, Farg‘ona viloyat agroxizmatlar markazi rahbari Ravshanbek Qurbonov va bir guruh soha olimlari hamda mutaxassislar ishtirok etdi. Ular tomonidan ishtirokchilarga ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga, amaliyotga oid muhim ko‘rsatmalar ham berildi.

Sohada faoliyat yuritayotgan olimlar va mutaxassislar ishtirokidagi ushbu seminarlar tumanlardagi dalalarda o‘tkazilib, tajriba almashinuvi va o‘zaro muloqot uchun samarali maydon vazifasini bajardi.

Xususan, O‘zbekiston tumanida tashkil etilgan dala seminarida ushbu tuman bilan bir qatorda Beshariq tumanidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar rahbarlari va agronomlari ham faol ishtirok etdi. Ushbu tadbirlarda ishtirokchilar innovatsion yondashuvlarni bevosita amalda kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.

blank
blank
Прокрутить вверх