
Anjumanning ikkinchi qismida taqdimotchilar global iqlim o‘zgarishlari sharoitida agrar sohada, xususan, sholichilik va dukkakli don ekinlarini yetishtirishda barqarorlikni ta’minlash, yangi moslashuvchan navlarni yaratish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/11959)
Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan hosildor va iqlim o‘zgarishlariga bardoshli yangi navlar, ularning agrotexnik xususiyatlari hamda ularni amaliyotga keng joriy etish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.



Taqdimotlarda dukkakli don ekinlarini almashlab ekish, biologik o‘g‘itlardan samarali foydalanish, organik dehqonchilik tizimini rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalar yordamida suv va yer resurslarini boshqarish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.
Anjuman yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.


