ILMIY IZLANISH NATIJASI MUHOKAMA QILINDI

Bugun Milliy markazda «Doktorantlar kuni» seminari bo’lib o’tdi. Taqdimotchi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti 2-bosqich tayanch doktoranti Mohinur Sobirova “Soya navlari hosildorligi va don sifatiga biologik faol moddalarning ta’siri» mavzusidagi olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishining 1 yillik natijalari bilan ekspertlarni tanishtirdi.

Yosh olima o‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida soya navlaridan yuqori va sifatli don hosili olishni ta’minlaydigan maqbul biologik faol moddalar turlari, qo‘llash muddatlari va me’yorlarini aniqlashni maqsad qilgan.

Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlarida soya navlarini yetishtirishda biologik faol moddalar qo‘llashning o‘simlikning o‘sishiga ta’siri haqida ma’lumot berdi. Soyaning turli rivojlanish davrlarida qo‘llanilgan biologik faol moddalar o‘simlik tup sonini saqlanishiga, amal davri davomiyligiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: «Sevinch» navida 115-119 kunni, «Madad» navida 125-129 kunni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan 5-6 kunga qisqarganligini ta’kidladi.

Tadqiqotchi soya navlari hosildorligi va don sifati bilan bog’liq ilmiy izlanish olib borib, erishgan natijalari haqida qilgan taqdimoti ustozlar muhokamasiga sabab bo’ldi. Ekspertlar ish sust, ustoz shogird an’analariga hamda belgilangan rejaga muvofiq bormayotgani haqida tanqidiy munosabat bildirdi. Shuningdek, ilmiy asoslangan natijalar bilan boyitish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

blank
blank
blank

Прокрутить вверх