Ilm va amaliyot uygʻunligi

Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti oʻrtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda. Taʼlim va fan uygʻunlashgan mazkur hamkorlik talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkonini yaratmoqda.

Shu munosabat bilan “Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi” taʼlim yoʻnalishining toʻrtinchi bosqich talabalari Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining dala tadqiqot maydonlarida amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishdi.

Ular mashgʻulot davomida “Dukkakli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnikasi” laboratoriyasida olib borilayotgan tadqiqot ishlari, shuningdek, turli nav va tizmalarni oʻrganish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.

Laboratoriya mudiri Zafarjon Yakubov talabalarga oʻsimliklarning hozirgi holati, tajriba qoʻyish usullari, fenologik kuzatuvlarni amalga oshirish tartibi hamda sohaga oid dolzarb mavzular boʻyicha atroflicha maʼlumot berdi.

Bunday amaliy mashgʻulotlar talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, sohaviy koʻnikma va tajribasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

blank
blank
Прокрутить вверх