Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur dars “O‘zbekistonda intensiv mevachilik va uzumchilikning dolzarb muammolari va zamonaviy yutuqlari” moduliga bag‘ishlandi. Kurs tinglovchilari Meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazining markaziy issiqxonasida amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.
Tinglovchilar zamonaviy usullar asosida amaliy bilim va tajribalarini yanada chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bunday amaliy darslar sohaga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, malaka oshirish hamda xalqaro tajribani o‘rganish va tatbiq qilishda muhim o’rin tutmoqda.

