ICARDA vakili bilan uchrashuv

Bugun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga xalqaro ICARDA tashkilotining Pokiston davlatidagi rahbari Muhammad Imtiaz tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon institutning zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan tanishdi. Shuningdek, Qarshi tumanidagi sug‘oriladigan tajriba maydonida fermer xo‘jaliklari va klasterlar vakillari bilan uchrashdi hamda ular ishtirokida seminar ham tashkil etildi.

Seminarda Muhammad Imtiaz JDITI bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyiha haqida batafsil ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, loyiha kuzgi muddatda dukkakdoshlar oilasiga mansub no‘xat ekinining urug‘chilik tizimini rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish va resurs tejamkor texnologiyalar asosida samarali hosil yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Tadbir yakunida seminarda ishtirok etgan fermerlarga no‘xatning “Obod” navi super elita avlodli urug’idan 100 kgdan tarqatildi.

Прокрутить вверх