ICARDA vakili bilan doktorantlar uchun seminar-trening tashkil etildi

Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha Xalqaro markaz (ICARDA)ning Marokkodagi vakili D.P. Krishna Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimiga kiruvchi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida u institutda olib borilayotgan dala tajribalari bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng, soha olimlari bilan boshoqli, dukkakli don, moyli hamda yem-xashak ekinlarining issiqlikka va qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratish, ularni to‘g‘ri joylashtirish va yuqori hosil yetishtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, D.P. Krishna o‘zining bilim va amaliy tajribasi asosida institut ilmiy xodimlaru va doktorantlari uchun seminar-treninglar ham o‘tkazmoqda.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх