HUDUDLARDA SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA

Shu kunlarda  Qishloq xo’jaligi vazirligining tegishli boshqarmasi mas’ullari va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlaridan tarkib topgan ishchi guruhlar hududlarda bo’lib, boshoqli don ekinlari parvarishi bo’yicha seminarlar o’tkazmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasining Beruniy, Ellikqal’a va To’rtko’l tumani g’alla yetishtiruvchi klasterlar va fermer xo’jaliklari rahbarlari uchun Beruniy tumanida bo’lib o’tgan seminarda Milliy markaz bo’lim boshlig’i O’lmasboy Sobitov «Hududlarda ekilgan kuzgi bug’doy navlaridan kelib chiqib yuqori hosil yetishtirishda qo’llaniladigan zamonaviy agrotexnik tadbirlar» mavzusida taqdimot qildi.

Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri G’ulomjon Uzoqov esa «G’allani makro va mikro elementlar bilan boyitilgan preparatlar yordamida suspenziya usulida bargdan oziqlantirishning ahamiyati» mavzusida ishtirokchilarga  ma’lumotlar berdi.

Seminarlarda g’alla yetishtiruvchi klasterlar va fermer xo’jaliklari rahbarlari  g’alla parvarishi bo’yicha o’z bilim va ko’nikmalarini oshirmoqdalar.

blank
blank

Прокрутить вверх