
Bugun Navoiy viloyatining Karmana tumanida to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyasi, ekinlarni joylashtirish, ekish muddatlari, urug‘lik me’yorlari, parvarishlash, oziqlantirish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, seminar qatnashchilariga to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish agrotexnologiyasiga oid ilmiy-uslubiy qo‘llanma materiallar tarqatildi.
Seminar yakunida fermer xo‘jaliklari va soha mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashilib, to‘qsonbosti usulini hududlarda keng joriy etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.


Manba: Telegram kanali



