Hayotini ilmga bag‘ishlagan inson

Bugun — atoqli olim, paxtachilik ilmining yetuk namoyondasi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozovning tavallud topgan kuni.

U kishi butun umrini qishloq xo‘jaligi ilm-faniga, xususan, g‘o‘za seleksiyasi, urug‘chilik va agrotexnologiya sohalariga bag‘ishlab kelmoqda. Ilmiy izlanishlari, faoliyati va rahbarlik tajribasi orqali yurtimiz agrar sohasining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olim sifatida e’tirof etiladi.

Akademik Shodmon Namozov rahbarligida ilmni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va mutaxassislar salohiyatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar sohada muhim o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda.

Shu qutlug‘ sana munosabati bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi Ustozga chuqur hurmat va samimiy tilaklarini bildiradi.

Sizga mustahkam sog‘lik, tinch va fayzli umr, ilmiy izlanishlaringizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, qadrli Shodmon Ergashovich!

blank
Прокрутить вверх