G‘o‘zaning xorijiy — “MG02” navi

G‘o‘zaning xorijiy — “MG02” navi
Videoni Telegram kanalida ko‘rish 1:45

Xitoy seleksiyasiga mansub “MG02” g‘o‘za navi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilda ilk bor mamlakatimizning turli hududlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Navning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalari hamda elita urug‘chilik xo‘jaliklarida o‘rganildi.

Belgilangan tavsiyalar va agrotexnik tadbirlarga to‘liq amal qilingan maydonlarda “MG02” navining qimmatli belgilari va ijobiy ko‘rsatkichlari namoyon bo‘ldi.

Xususan, institutning Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasida parvarish qilingan “MG02” navidan kutilganidan yuqori hosildorlikka erishildi.

Bu haqda Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasi laboratoriya mudiri Jamoliddin Jabborov batafsil ma’lumot beradi.

Navning xususiyatlari va tajriba natijalari bilan videoda to‘liq tanishishingiz mumkin.

Hurmatli fermerlar! Agar “MG02” navi sizda qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, videoni saqlab qo‘ying va fermer tanishlaringiz bilan ulashing.

Manba: Telegram kanali

Scroll to Top