
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yosh tadqiqotchilari hamda doktorantlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Agroinnovatsiya va yoshlar” ko‘rik-tanlovining ikkinchi — final bosqichi yakunlandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — Toshkent davlat agrar universiteti (ToshDAU);
2-o‘rin — Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti;
3-o‘rin — Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Tanlov g‘oliblarni taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi.


Manba: Telegram kanali



