Ğallaçilik: möl hosil uçun harakatni bugun boşlang

Ğallaçilik: möl hosil uçun harakatni bugun boşlang

Ğalladan möl hosil oliş uçun faqat yaxşi uruğning özi kifoya emas. Buning uçun tuproqni töğri parvarişlaş, ekinni öz vaqtida oziqlantiriş va har bir agrotexnik tadbirni ilmiy asosda taşkil etiş talab etiladi. Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Qaşqadaryo viloyatining törtta tumanida fermerlar bilan ana şu masalalar yuzasidan amaliy muloqotlar ötkazdi.

Nişon, Kitob, Yakkaboğ va Şahrisabz tumanlarida taşkil etilgan dala seminarlarining asosiy maqsadi — 2027 yilgi ğalla hosili uçun puxta tayyorgarlik köriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va hosildorlikni oşirişning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etişdan iborat böldi.

Uçraşuvlarda fermer xöjaliklari rahbarlari, tajribali agronomlar, hududiy agrosoha vakillari hamda mutaxassislar iştirok etdi.
Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti direktorining örinbosari, professor Zohidjon Ziyodullayev seminar iştirokçilariga ğallaçilikda oldinda turgan muhim vazifalar xususida söz yuritdi. U yuqori hosildorlikka erişişda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli bajariş, har bir maydonning tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqib iş yuritiş hamda olimlar tavsiyalariga amal qiliş muhimligini taʼkidladi.

Xususan, ğalla maydonlarini ösuv davrida töğri va sifatli oziqlantiriş, mineral öğitlarni belgilangan meʼyorlarda qöllaş, şarbat usulida suğoriş, mahalliy öğitlardan samarali foydalaniş va suğoriş işlarini ilmiy tavsiyalar asosida taşkil etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Seminarlar quruq maʼruzalar bilan çeklanib qolmadi. Fermerlar özlarini qiynayotgan masalalarni örtaga taşlab, olim va mutaxassislar bilan bevosita fikr almaşdi. Ğalla yetiştirişda uçrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularning yeçimi böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

Aslida, möl hosil yiğiştirib olinadigan kunning natijasi köp jihatdan bugun dalada qabul qilinayotgan qarorlarga boğliq. Şu maʼnoda, olimlarning fermerlar bilan bevosita maydonlarda uçraşişi, ilmiy işlanmalarni amaliyot bilan boğlaşi va har bir hududning öziga xos şaroitidan kelib çiqib tavsiyalar berişi muhim ahamiyatga ega.
Bunday amaliy seminarlar ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlaş, ilmiy tavsiyalarni fermer xöjaliklariga yetkaziş hamda 2027 yilgi ğalla hosilini yuqori natijalar bilan yakunlaşga zamin yaratadi.

Manba: Telegram kanali

Scroll to Top