
Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Ekobotanika va sistematika bo‘limi hamda Dorivor o‘simliklar genetik resurslari bo‘limi mutaxassislari — M. Sarimsakov, U. Ro’zmetov va boshqa ilmiy xodimlardan iborat jamoa a’zolari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Teparsoy darasining dengiz sathidan 1450 m balandlikda joylashgan maydonida ilmiy ekspeditsiya uyushtirdilar.
Ekspeditsiya davomida hozirgi kunda ko’plab qiziqishlarga sabab bo’layotgan noyob yovvoyi qizil goji, butasimon dala zirki hamda ko’plab dorivor, qadimiy va yovvoyi o’simlik turlari yig‘ib kelindi.


Namunalar Milliy genbank kolleksiyasini boyitish, dorivor hamda madaniy o‘simliklarning nav va yovvoyi turlarini saqlash maqsadida to‘plandi.
O‘simlik namunalari keyinchalik tahlil qilinib, saqlash va seleksiya ishlarida foydalanish uchun genbank kolleksiyasiga kiritiladi.
Bu ekspeditsiya Mamalaktimizda o‘simlik xilma-xilligini asrash va genetik resurslarni kelajak avlodlar uchun saqlash yo‘lidagi muhim tadbirlardan biridir.