

Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Ingming Yang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida bankning Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha rahbarlari, ekspertlar hamda OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari qatnashdi.
⌛️ Mehmonlarni Birlashma direktori D. Utambetov samimiy kutib oldi va tashkilotning ilmiy hamda ishlab chiqarish yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.
Xususan, chorvachilik uchun oziqaviy qiymati yuqori bo‘lgan istiqbolli ekinlar — mogar, amarant, afrika tarigi, chumiza, jo‘xori, soya, mahsar, kunjut, kungaboqar, kuzgi arpa va tritikale bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berildi.
🔗 Uchrashuv davomida mazkur ekinlarning barqaror yem-xashak bazasini shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, qurg‘oqchilik va sho‘rlanish sharoitida yetishtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Davlat sinoviga topshirilgan yangi navlarning chorvachilikdagi amaliy ahamiyati ham alohida qayd etildi.
✅ Tashrif doirasida fermer xo‘jaliklari va olimlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Unda ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, yem-xashak bazasini kengaytirish, shuningdek, yangi navlarni sinovdan o‘tkazish va joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.





