
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida ilk bor chia (chiya) ekini kichik tajriba maydonchasida ekilib, urug‘ini ko‘paytirish ishlari boshlandi. Tajribaning maqsadi — chia o‘simligini mahalliy iqlim sharoitida o‘stirish imkoniyatlarini o‘rganish va uni istiqbolli ekin sifatida joriy etishdir.
Chia urug‘i o‘simlik tolalari, oqsillar, vitaminlar va minerallarga boy. U ichak faoliyatini normallashtiradi, tarkibidagi antioksidantlar esa hujayralarni zararli ta’sirdan himoya qiladi.
✨ Foydali jihatlari:
- Ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi.
- Yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, xolesterin miqdorini kamaytiradi.
- Omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalariga nihoyatda boy.
✅ Bundan tashqari, chia o‘simligining yashil biomassa qismi chorvachilikda yuqori oziqaviy qiymatga ega yem sifatida foydalanilishi mumkin.
🔬 Institut olimlari fikricha, bu tajriba kelgusida Janubiy mintaqalarda chia ekinini mahalliylashtirish va fermer xo‘jaliklari uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.