BUG‘DOYGA O‘ROQ TUSHDI

Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba dalasida ekilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning o‘ta ertapishar “Ultra” navi o’rib olindi.

Mazkur nav rossiyalik olimlar bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, undan har gektaridan 75–80 sentnergacha hosil olindi.

“Ultra” navining asosiy xususiyatlari — o‘ta ertapisharlik, kasalliklarga chidamlilik va resurs tejamkorligidir. Nav Respublikamizning Markaziy hududlarida 20–25 may, Janubiy hududlarda esa 15 maygacha pishib yetiladi. Ushbu nav erta yig‘ib olingani hisobiga takroriy sabzavot, ozuqa, moyli yoki noan’anaviy ekinlardan ham yuqori va sifatli hosil olish imkoni yaratildi.
blank
blank
blank
blank
Прокрутить вверх