Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

2025-yil hosili uchun parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlaridan yuqori hosil yetishtirish maqsadida «Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishda qo‘llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash choralari hamda sug‘orish tartiblari» mavzusida respublika hududi bo‘ylab Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari va soha olimlari tomonidan g‘alla yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari uchun o‘quv- seminarlar tashkil etish belgilangan. Jumladan, 2025-yil 21-22-yanvar kunlari Toshkent viloyati tumanlarida seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, bugun Respublika agroxizmatlar markazi majlislar zalida Toshkent viloyatining 7 ta tumandagi fermer xo‘jaliklari va kalsterlar vakillari uchun viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi hamda tuman o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi mutaxassislari tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda hududlarda ekilgan kuzgi bug‘doy navlaridan kelib chiqib, yuqori yuqori yetishtirishda zamonaviy agrotexnika tizimlari, begona o‘tlari va ularga qarshi kurash muddatlari, g‘allazordagi zang va boshqa turdagi kasalliklar, ularning rivojlanishini oldini olish muddatlari va qo‘llaniladigan kimoviy preparatlar, g‘allazorlarda yuzaga kelgan zararkunanda hasharotlar, ularga qarshi kurash muddatlari va qo‘shimcha vositalar, g‘allani makro va mikro elementlar bilan boyitilgan preparatlar yordamida suspenziya usulida bargdan oziqlantirishning ahamiyati, g‘allani sug‘orishda suv resurslaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy sug‘orish agrotexnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida taqdimotlar bo‘libdi o‘tdi.

Seminar savol-javoblar va muloqotga boy bo‘ldi. Yig‘ilganlar o‘zaro tajriba almashib, maslahat va tavsiyalarni bo‘lishdi.

Ayni mavzudagi seminarlar respublika hududlari bo’ylab davom etadi.

blank
blank
blank
blank

Прокрутить вверх