Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida Koreya Respublikasining GS-BIO kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kompaniya prezidenti Kim Von Xyong boshchiligidagi delegatsiya a’zolari institutdagi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, xususan bog‘dorchilik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot chog‘ida Kim Von Xyong Koreyada olma yetishtirish borasidagi tajribalar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, olmaning “Fudzi” va “Shinano Gold” navlari xususiyatlari, ushbu navlarning Koreyada egallagan maydoni, ularni parvarishlashdagi zamonaviy usullar hamda meva mahsulotlarining eksportbopligi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv davomida institut va GS-BIO kompaniyasi o‘rtasida olma bog‘lari maydonini kengaytirish, sifatli mahsulot yetishtirish, shuningdek, uzoq muddat saqlanuvchi olma mevasi yetishtirish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda bu borada hamkorlik memorandumini imzolash yuzasidan kelishib oldilar


