Bir kamar — bir yo‘l biologik paxta seleksiyasi sammiti forumi

Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov va Markaz direktorining ilniy ishlar va innovatsiyalar boyicha maslahatchisi Zabardast Bo’riyevllar boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Aksu shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi “Bir kamar — bir yo‘l biologik paxta seleksiyasi sammiti forumi” da ishtirok etmoqda.

Forum Xitoydagi paxta sanoati bilan bog‘liq yetakchi tashkilotlar — ilmiy-tadqiqot institutlari, urug‘chilik kompaniyalari va paxta tolasi bilan ishlovchi sanoat korxonalarini birlashtirgan Xitoy milliy biologik g‘o‘za navlari seleksiyasi va paxta sanoati innovatsion texnologiyalari alyansi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Forumda sohaning yetakchi olimlari, mutaxassislar va paxtani qayta ishlash sanoati vakillari ishtirok etyapti.
Forumga alyansning yetakchi a’zolaridan biri — Xinjiang Jinfengyuan Seed Industry Co. Ltd. kompaniyasi mezbonlik qilmoqda.

Anjuman doirasida biotexnologiyalar yordamida seleksiya jarayonlarini jadallashtirish, turli iqlim sharoitiga mos, eksportbop va yuqori sifatli g‘o‘za navlarini yaratish, hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida paxta yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.

Forum ishtirokchilari bilan o‘zaro muloqotda akademik Shodmon Namozov O‘zbekistonda biologik seleksiya yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar, ayniqsa, biologik usullar asosida yangi g‘o‘za navlarini yaratishda erishilgan natijalar va ularning eksportbopligi haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamkorlik loyihalari nafaqat yangi navlarni yaratishga, balki sohani innovatsion yondashuvlar bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

Anjuman doirasidagi muzokaralar, uchrashuvlar va boshqa muhim tafsilotlar haqida keyingi xabarlarimizda batafsil ma’lumot beramiz.

blank
Прокрутить вверх