Baxmal tajriba stansiyasida dala ko‘rigi o‘tkazildi

Jizzax viloyatida joylashgan Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Baxmal ilmiy-tajriba stansiyasida ilmiy va innovatsion faoliyat holatini o‘rganish maqsadida dala ko‘rigi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Olmasboy Sobitov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari, Agroinspeksiya vakillari hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirok etdi.

Ko‘rik davomida stansiyaning dala tajribalari, urug‘chilik maydonlari hamda o‘simliklarning vegetatsion rivojlanish bosqichlari joyiga chiqib o‘rganildi. Maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, ularning samaradorligi va mavjud muammolar yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

Shuningdek, Baxmal stansiyasining kelgusidagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ilmiy izlanishlarni kengaytirish va amaliyotga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha soha olimlari va mutaxassislar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Dala ko‘rigi institut faoliyatini baholash, mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va istiqbolda yuqori hosildor navlarni yaratish yo‘lida muhim amaliy bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

blank
blank
Прокрутить вверх