
Agar siz o’z tomorqangizda ko’katlar ekishni xohlasangiz, hozir ayni payti!
Ko’kat ekishning afzalliklari:
✔️Foydali va vitaminlarga boy, yangi ko’katlar S, K va B guruhi vitaminlari manbai!
✔️Tabiiy va ekologik toza, hech qanday kimyoviy moddalarsiz o’zingiz ekkan mahsulotlar!
✔️Arzon va oson parvarish, bir necha hafta ichida dasturxoningizda yangi hosil!
Bahorda qanday ko’katlar ekish mumkin?
✅ Shivit – parvarishi oson, salatlar va taomlarga mazza beradi!
✅ Kashnich – xushbo’y hidli va organizm uchun juda foydali!
✅ Ismaloq – temir va vitaminlarga boy, parhezbop oziq-ovqat!
✅ Rukola va salat barglari – yumshoq va mazali ko’katlar, hech qanday murakkab parvarish talab etmaydi!
✅ Rediska – vitaminlarga boy bahorning ilk rezavor mahsuloti, salatlarga yoqimli qo’shilmcha!
Parvarish qilish bo’yicha tezkor maslahatlar:
🌱 To’g’ri joy tanlang, quyosh nurini yaxshi oladigan va shamoldan himoyalangan yerga eking.
💦 Ko’katlar suvni yaxshi ko’radi, lekin haddan tashqari ko’p sug’ormang!
🌱 Har bir ko’kat yaxshi o’sishi uchun joy bo’lishi kerak.
🪣 Agar hovlingiz bo’lmasa, guldonlarda ham parvarish qilish mumkin!
Tabiat uyg’onganida, siz ham ko’kat ekishni boshlang va tabiiy mahsulotlardan bahramand bo’ling!
