Seminar doirasida uzum navlarini saqlash, biologik baholash, seleksiya ishlariga joriy etish va amaliyotda qo‘llash masalalari muhokama qilinmoqda.
Seminarni Qishloq xo’jaligi vazirligi boshqarma boshlig’i To’xtamurod Ataqulov kirish so’zi bilan ochib berdi. Ayni damda esa Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o’rinbosari Bunyod Mamaraximov so’zga chiqib, uzumchilikni rivojlantirish istiqbollari va kasalliklarga chidamli, serhosil uzum navlarini yaratish borasida olimlar oldida turgan dolzarb vazifalarga to’xtaldi.


