Ayni damda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida “Sholichilikda innovatsion ilmiy yondashuv zamon talabiʼʼ mavzusida Janubiy Koreya davlatidan olib kelingan qishloq xo’jaligi texnikalari, agregatlari va asbob uskunalarlini topshirish bo‘yicha ko’rgazmali seminar boshlandi.

Tadbirni Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov kirish so’zi bilan ochib berdi. U, o’z so’zida ushbu ilmiy muassasaning mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda sholichilik ilmini rivojlantirishda Koreya Respublikasi bilan samarali hamkorlk natijalariga to’xtaldi. Shuningdek, samarali hamkorlik uchin seminarda ishtirok etayotgan Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchisi janob Von Do Yon va O’zbekistondagi KOPIA markazi direktori Kim Jaehyunga minnatdorlik bildirdi.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх