Bugun “Aqlli tomorqa” loyihasi muallifi, iqtidorli yosh Abdulloh Jamoliddinov (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/11278) akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan ham uchrashdi.
Uchrashuv davomida loyiha uchun danakli mevalar onalik bog‘ida ajratilgan 2 sotixli tajriba maydoni ko‘zdan kechirildi. Ushbu hududda tomchilatib sug‘orish usuli asosida innovatsion yechimlar sinovdan o‘tkaziladi.
Uchrashuv yakunida loyiha danakli mevalar ko‘chatlarini yetishtirish jarayonida ham sinovdan o‘tkazilishi belgilandi.
Loyihada avtomatik sug‘orish, agrotexnik sensorlar va raqamli monitoring tizimlaridan foydalanish rejalashtirilgan.


