Andijonda klaster mutaxassislari uchun malaka oshirish darslari tashkil etildi

Bugungi kunda agro sanoat majmuasida zamonaviy yondashuv va yuqori malakali kadrlar tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 — yil 11 — yanvardagi 11-sonli qarori 6-bandi ijrosini taʼminlash hamda Qishloq xo‘jaligi vazirining topshirig‘i asosida Andijon viloyatida malaka oshirish darslari tashkil etildi.
Ushbu o‘quv jarayonida paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimidagi paxta tozalash korxonalarining bosh muhandislari, mexaniklari, texnika va yong‘in xavfsizligi muhandislari, texnologlari, laboratoriya mudirlari, laborantlar hamda 1-, 2-, 3-zona tovarshunoslari ishtirok etdi.

O‘quv kurslariga Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor T. Quliyev rahbarlik qildi.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus test savollari tarqatildi va natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.

Прокрутить вверх