AL-9124093678. Biofortifikatsiya texnologiyasi asosida arpa donida oqsili yuqori fosfor, kalsiy va mis mikroelementlariga boy bо‘lgan navlarining seleksiyasini rivojlantirish hamda yangi navini yaratish (Loyiha rahbari q.x.f.d., k.i.x. T. Mamatqulov)

Loyiha nomi:
AL-9124093678. Biofortifikatsiya texnologiyasi asosida arpa donida oqsili yuqori fosfor, kalsiy va mis mikroelementlariga boy bо‘lgan navlarining seleksiyasini rivojlantirish hamda yangi navini yaratish (Loyiha rahbari q.x.f.d., k.i.x. T. Mamatqulov)

Kutilayotgan natijalar:
1. Respublikada yetishtirilayotgan arpa nav va namunalar donida oqsil, fosfor, kalsiy va mis mikroelementlari miqdori aniqlanadi. Arpa va yem-xashak ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasida loyiha doirasida olib boriladigan dala tajribalari joylashtiriladi. Mahalliy nav va horijiy nav namunalari ekilib mavzu doirasida ilmiy tadqiqotlar о‘tkaziladi. Bunda birinchi qadam birlamchi manbalarni yaratish, ya’ni don tarkibida oqsil, mis, kalsiy va fosfor elementlarini kо‘proq tutgan arpa nav namunalari aniqlanadi hamda tanlab olinadi. Donning endosperm qismida oqsil va mikroelementlar yuqori bо‘lgan nav va namunalarini biofortifikatsiya texnologiyasi asosida seleksiya jarayonlariga jalb qilinadi. Olingan tizmalarda arpa donining endosperm qismida oqsil va mikroelementlar yuqori bо‘lgan genotiplar aniqlanadi. Shuningdek, arpa donining oqsil va mikroelementlarining yig‘ilishga yetishtirish sharoitlari va fiziologik omillar ta’siri aniqlanadi.
2. Arpa va yem-xashak ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasida dala tajribalari va laboratoriya tahlillari davom ettiriladi. Tajribada о‘rganiladigan arpa navlari va namunalari turli о‘stirish sharoitlarida ekiladi hamda о‘simliklarning fiziologiyasidagi о‘zgarishlar, ularning arpa donidagi oqsil va mikroelemenlarga ta’siri tahlil etib boriladi. Arpada biologik fortifikatsiyalashda tarkibida kо‘p miqdorda oqsil, fosfor, kalsiy va mis mikroelementlarini yig‘a olish xususiyatiga ega bо‘lgan namunalar seleksiya jarayoni uchun ajratib olinadi va genofond boyitiladii. Biofortifikatsiya texnologiyasi asosida arpa donda oqsili yuqori fosfor, kalsiy va mis elementlariga boy bо‘lgan yangi navi yaratiladi.
3. Loyiha natijalarini chop etish uchun “О‘zbekiston qishloq va suv xо‘jaligi”, “Agro-ilm”, Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi” va xorijiy “Europen Science Review” kabi jurnallarida maqolalar chop etiladi.

Bajarish muddati:
2026-2028

Scroll to Top