Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hududlardagi agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligini bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun Xorazm viloyatida boʻlib turibdi. (https://gov.uz/agro/news/view/14449/)
Tashrif avvalida, Urganch shahri Guliston hududidagi “Rajab ota Jumanov” fermer xoʻjaligi faoliyati bilan tanishildi. Qariyb 12 gektar maydonni egallagan mazkur hududda paxtaning mahalliy “Xorazm 127” navi 60 sxemada qoʻshqator qilib ekilgan.
Ammo mazkur kontur va unga yondosh konturdagi paxta go‘yoki yaxshi o‘sib turgan, nav rivojlangandek ko‘ringan bo‘lsa-da, uning hosildorligiga ta’sir etuvchi omillarning ham mavjudligi ko‘zga tashlandi.
Vazirning eʼtiroziga sabab boʻlgan jihat shuki, agrotexnik tadbirlarga amalga qilinmagani, o‘z vaqtida o‘sishni sozlovchi moddalaening qo‘llanilmagani hamda muddatidan oldin berilgan suv navning notoʻgʻri rivojlanishiga sabab boʻlgan. Oʻz vaqtida bajarilmagan agrotexnik tadbirlar va suvning meʼyoridan ortiq isrof qilishini boʻyicha fermerga tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, bu holat paxtaning boshqa kasalliklarga moyilligi va hosildorlikning past boʻlishi qayd etildi.
Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabni qondirish, uning xavfsizligini taʼminlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.
